Shahrimiz bog‘chalarida sharoitlar qanday?
Taʼlim tizimidagi islohotlar bois maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu jumladan, shahrimizda ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Bugun shahar hokim o’rinbosari Jasurbek G’aniyev shahrimizdagi 9- maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lib, bu yerdagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarni o‘tkazilish jarayonlari hamda isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, hokim o’rinbosari ushbu maktabgacha ta'lim muassasasida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar yuzasidan mas'ul xodimlarga o‘z tavsiyalarini berdi.




