SHAHAR PROKURORINING INGICHKA QO‘RG‘ONIDA SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
Ingichka qo‘rg‘oni “Kattaqo‘rg‘on” mahallasida Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori Ismoil Nuriddinov va Xalq qabulxonasi mudiri Hamratosh Shodiyeva tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Sayyor qabulda 15 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 4 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.