insurez
29-11-2024 11:41

SHAHAR KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ IKKINCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi 2-sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sessiyada dastlab, kun tartibidagi shahar Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi, shahar Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi, shahar Kengashi kotibiyati to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shundan so‘ng, deputalar tomonidan Mamatov Ikromjon Ibragimovichni Kattaqo‘rg‘on shahar hokimning moliya - iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko’rib chiqildi hamda Mamatov Ikromjon Ibragimovich ushbu lavozimga tasdiqlandi.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni Mamatov Abbos Aktam o‘g‘lini Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi masala ko’rib chiqilib, tasdiqlandi.

Shu bilan shahar kengashinig navbatdagi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

 

Teglar
- -