insurez
09-10-2025 16:50

SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, hokim o‘rinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida 4 ta masala muhokama qilindi.

Dastlab, Kattaqo‘rg‘on shahrida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Axmedovning hisoboti eshitildi.

Shundan so‘ng shahar Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i J.Ismatullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ 190-son hamda 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-316-son qarorlari ijrosi yuzasidan hisobot berdi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2025-yil 6-avgustdagi VII-12-58-7-106-K/25-sonli qarori ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidani hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari tasdiqlandi.

Sessiya shuning bilan o‘z ishini tugatdi.

Teglar
- -