insurez
02-08-2024 16:55

SHAHAR KENGASHINING 94 SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi 94 sessiyasi o'tkazildi. Unda deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyada 12 ta masala ko'rib chiqildi.

Dastlab, 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida Xalq qabulxonasi, sektorlar va tashkilot raxbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash faoliyati hamda  2024- yilning o‘tgan 6 oyi sektor rahbarlarining mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazish orqali aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan shahar Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodievaning axboroti eshitildi.

Shundan so'ng Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo'shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni amalda to‘langanligi hamda soliq qarzdorligi bo‘yicha shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.G‘anievning xalq deputatlari shahar Kengashiga murojaati tinglandi. 

Sessiyada navbatdagi masalalar bo'yicha shahar hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i U.Tuyg‘unovlarning hisoboti eshitildi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida energiya resurslarini iqtisod qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarini bajarilishi to‘g‘risida shahar elektr ta’minoti korxonasining boshlig‘i O.Tuxtayevning hisoboti ham deputatlar e’tiboriga havola qilindi. 

Shuningdek sessiyada shahar aholisini, ijtimoiy soha obektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida, Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy budjetining 2024-yil maqbullashtirilgan mablag‘larini chegirib olish va qayta yo‘naltirish to‘g‘risida, shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida, Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining ko‘cha nomlari ko‘rsatilgan xaritalarini tasdiqlash to‘g‘risida, hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 martdagi PQ 122-sonli “Xotin kizlarning tadbirkorligini yulga quyish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risda” gi qaror ijrosi to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya o'z ishini yakunladi.

Kattaqo'rg'on shashar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -