insurez
27-12-2024 14:01

Shahar kengashining 4 sessiyasi o’tkazildi


Xalq deputatlari Kattaqo’rg’on shahar Kengashining navbatdagi 4-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya kun tartibida Kattaqo‘rg‘on shahrining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash, Viloyat byudjetidan Kattaqo‘rg‘on shahar byudjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari to‘g‘risida hamda Xalq deputatlari shahar Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini va doimiy komissiyalarining ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek, sessiyada shahar aholisini ichimlik suv ta’minoti va oqava xizmati ta’minoti darajasini oshirish yuzasidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejalari to‘g‘risida “Samarqand suv ta’minoti” AJ Kattaqo‘rg‘on shahar filiali boshlig‘i A.Mamedovning hisoboti eshitildi.

Sessiyada "Kattaqo‘rg‘on shahrining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qarori tasdiqlandi.

Teglar
- -