SHAHAR KENGASHINING 11 SESSIYASI O‘TKAZILDI
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi 11 sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tegishli tashkilotlar va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiya kun tartibida 10 ta masala muhokama etildi. Dastlab, Kattaqo‘rg‘on shahrida joriy yilning 6 oyi davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islamovning hisoboti eshitildi. Shundan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida ko‘rilgan korrupsiyaviy jinoyatlar haqida shahar sudining tergov sudyasi M.Xakimov axborot berdi. Navbatdagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahrida joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari I.Mamatovning hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-133-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari B.Umarovning hisobotlari ham deputatlar e’tiboriga havol etildi. Shuningdek, sessiya ishida Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2025-yil 24-yanvardagi VII-5-4-7-106-K/25-sonli qarorining ilovasiga tegishli o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ 101-V-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-maydagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-173-V-son Qarorini Kattaqo‘rg‘on shahrida ijrosini ta’minlash to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6 maydagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-174-V-sonli qarori haqida, Kattaqo‘rg‘on shahridagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi va Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.