insurez
11-03-2025 16:36

SHAHAR ISTIROHAT BOG‘I OBOD BO‘LMOQDA


Kattaqoʻrgʻon shahar “Alisher Navoiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i bugungi kunda “JJA GOLD ENVEST” MCHJ  tomonidan “Davlat-xususiy sheriklik" asosida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, loyihaga asosan keng ko’lamli obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, zamonaviy attraksionlar o’rnatish, ko’ngilochar dam olish joylari qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida shahar istirohat bog‘iga tashrif buyurib, bugungi kunda bu yerda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi. Suningdek istirohat bog‘ida olib borilayotgan obodonlashtirish, ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirish davomida mutasaddilarga bu boradagi zaruriy topshiriqlar berildi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -