Shahar hokimligida navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida navbatdagi siyosiy- ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa apparat xodimlari ishtirok etidlar. Dastlab, ishtirokchilar e’tiboriga yurtimizda va xorijda ro‘y bergan siyosiy voqealar va jarayonlar haqidagi xabarlar namoyish etildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar bilan tanishdilar.
Shuningdek, o‘quv soati davomida Davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini saqlash borasidagi tavsiyalar berildi.
O‘quv soati yakunida apparat xodimlariga murojaatlar bilan ishlash va ijrosini muddatida sifatli ta’minlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.