SHAHAR HOKIMI TALABA QIZLAR BILAN UCHRASHDI
Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika institutida Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova ishtirokida talaba qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning taʼlim olish va kasb-hunar egallash borasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.
Shahar hokimi G.Alimova talaba qizlarning fikr va takliflarini tinglab, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.