SHAHAR HOKIMI QABULI O‘TKAZILDI
Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning qabuli o‘tkazildi. Unda 19 nafar fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etdilar.
Jumladan, qabul jarayonida fuqarolarning soliq va kommunal to‘lovlar, ayollar daftariga kiritish, tibbiy yordam ko‘rsatish, oilaviy masalalar, ijtimoiy yordamlar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o‘rganildi.
4 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 6 tasiga tushuntirish berildi va qolgan murojaatlarni yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul yakunida shahar hokimi tomonidan G’arb machit mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o’rganilib, ijobiy hal qilindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.