Shahar hokimi o‘z sektoridagi mahallalarda bo‘ldi
Shahar hokimi Gavhar Alimova 1-sektor hududida joylashgan mahallalarda bo‘ldi. Dastlab, "O‘rikzor" mahallasi yettiligi bilan suhbatlashgan hokim mahallada jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishdi va bu borada mahalla yettiligining hamkorlikdagi faoliyati haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng "Yermachit" mahallasida ko‘kalamzorlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi.
"Damariq" mahallasida mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisining bir kunlik faoliyati bilan tanishgan hokim bu borada fikr va mulohazalarini bildirdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.