insurez
20-08-2024 10:49

Shahar hokimi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi shart-sharoitlarni o‘rgandi


Yangi  o‘quv yili boshlanishiga ham oz kunlar qoldi. Shu munosabat bilan shahar hokimi Gavhar Alimova maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida bu boradagi ishlar bilan tanishmoqda. 
Jumladan, 9- hamda 13- maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, bolalarning ovqatlanish jarayoni, mashg‘ulotlarning  o‘tishi hamda sanitariya -gigiena talablariga rioya etilish holatlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida mazkur ta’lim tashkilotlarida bu boradagi ishlar doirasida ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Shahar hokimi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berdi.

O‘rganishlar davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -