Shahar hokimi bog‘chadagi sharoitlarni o‘rgandi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun munosib shart-sharoitlarning yaratilganligi muhim. Zero, bolalarning aqlan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlarida dastlabki bosqich aynan maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanadi.
Bugun, shahar hokimi Gavhar Alimova bu boradagi ishlar bilan tanishish maqsadida shahrimizdagi 16 maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. Muassasada bolalarni sog‘lom ovqatlanishlarining qanday yo‘lga qo‘yilganligi, autsorsing xizmati, mashg‘ulotlarning o‘tilishi hamda obodonlashtirish holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida shahar hokimi muassasada sifatli ta’lim jarayonini tashkil qilish, sanitariya-gigiena holatlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ko'rsatmalar berdi.
Bu kabi o'rganishlar davom etadi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.




