insurez
17-09-2025 17:10

Shahar hokimi Amir Temur ko'chasidagi qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi


Xususan, shahar hokimi Gavhar Alimova "SAMKAT MEGASTROY 777" MChJ tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli uyning yakuniy qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shahar hokimi mazkur turar joy majmuasiga tashrifi davomida bu yerda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash bilan birga, bino atrofini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish borasida ham mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi

Ushbu “Yangi hayot” nomli turar joy majmuasi qurilishida energiya tejamkor qurilish mahsulotlaridan foydalanilgan bo‘lib, hozirda qurilishning 1 bosqichida 144 xonadon bitkazilib foydalanishga topshirilish arafasida.

Shuningdek, shahar hokimi Amir Temur ko‘chasidan o‘tuvchi kollektorning quvurlarini almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlarini tez va sifatli yakunlash borasida quruvchilarga ko‘rsamalar berdi.

 

Teglar
- -