SESSIYАDA HOKIMNING MUROJAATI ESHITILDI
Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdan tashqari 15 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘riinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyada Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimovaning Prezidentimizning 2025 yil 8-oktabrdagi 298-son qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan murojaati eshitildi. Ya’ni, shahar hokimi Kattaqo‘rg‘on shahrida “Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2026-yilda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida” murojaat qildi.
Murojaat yuzasidan muhokamada deputatlar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, 2026 yilda shaharda aholi farovonligini yaxshilash, mahallalarni rivojlantirish borasidagi islohotlarda deputatlar, jamoatchilik vakillari hamkorlikda ish olib borishlarini ta’kidladilar.
Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.




