SEMINARDA XORIJ TAJRIBASI O'RGANILDI
Ta’lim tizimining eng birinchi bosqichi maktabgacha ta’lim yo‘nalishini yangi bosqichga ko‘tarish, malakaviy kadrlarni tayyorlab, barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat.
Bugun SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali va Kattaqo‘rg‘on pedagogika kolleji hamkorlikda kollej talabalari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari psixologlari uchun “Maktabgacha ta’lim tizimi uchun malakaviy kadrlarni tayyorlashda psixologik yondashuv” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda SamDU filial direktori Sherzod Urakov, kollej direktori Feruza Raximova hamda Hindistonning Mumbay texnologiya instituti professor-o‘qituvchisi Tabbassum Qazi tomonidan ta’lim tizimidagi uzviylikni ta’minlashdagi muammolar yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.
Shundan so‘ng kollej o‘qituvchilari hamda MTT tarbiyachi va psixologlari tomonidan namunaviy to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.