SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Bugun shahrimizdagi 16-umumta’lim maktabida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Qo‘shrabot, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Nurobod, Narpay va Paxtachi tumanlarining maktabgacha ta’lim tashkiloti metodistlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilatgan ishlar hamda bu boradagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.