SEMINAR
Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi va Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Yoshlar oromgohida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsum loyihalarini targʻib qilish va oʻtkazish boʻyicha respublika oʻquv-seminari tashkil etildi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlaridan kelgan Yoshlar ishlari agentligi “Besh tashabbus olimpiadasi”ni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman-shaharlardagi shoʻba mudirlari, sport maktablarining Ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar yakunida tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etgan seminar ishtirokchilari munosib taqdirlanishdi.