insurez
06-02-2025 17:59

Sektor rahbarlari 3-sektorda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova sektor rahbarlari hamrohligida Ingichka qo‘rg‘onida bo‘lib, 3-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Dastlab, hududdagi 15 umumta’lim maktabidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashishdi. Sektor rahbarlari “Barkamol avlod” bolalar maktabining Ingichka filialida ham bo‘ldilar. Filialda hunar sirlarini o‘rganayotgan o‘quvchi-yoshlarning qo‘l mehnati namunalari bilan tanishdilar.  

Shahar hokimi boshchiligidagi mas’ullar hududdagi mahallalarda ham bo‘ldilar. 

Yaqinda Islom Shoir mahallasida Mashrab masjidining yangi bitkazilgan binosi foydalanishga topshirilgan edi. Shahar sektor rahbarlari keksalar hamrohligida ushbu masjidda ham bo‘ldilar. Mahalla nuroniylari keyingi yillarda Ingichka qo‘rg‘onchasidagi islohotlar haqida so‘z yuritdilar va kelgusida ham bu kabi ishlarning bardavom bo‘lishini tiladilar.

Teglar
- -