SAVOB ISHNI HAR KIM, HAR KUNI QILISHI KERAK
Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish va g‘amxo‘rlik qilish halqimizga xos fazilatdir.
Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari bo’limi tashabbusi bilan, bo’lim xodimlari va ko’ngilli volontyorlardan iborat bir guruh faol yoshlar tomonidan keksalarni holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat ko’rsatish maqsadida shahrimizning “Zarifobod”mahallasida yashovchi onaxon X.Shodiyevaning xonadoniga borilib, bu yerda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi. O’z navbatida onaxon ushbu yoshlarga minnatdorchilik bildirib, duoga qo’l ochdi.
“Oltin olma, duo ol…” deb bejizga aytishmaganku...
Bu kabi xayrli ishlar davom etadi.