SamDU Kattaqo'rg'on filialida Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim, sport kafedrasining "Ma'naviyat oyligi" davom etmoqda.
Oylik munosabati bilan kafedra o'qituvchilari N.Umarov va B.Ashurov talabalar oʼrtasida sportga boʻlgan qiziqishni oshirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida voleybol hamda stol tennisi musobaqalarini tashkil qildi.
Kafedra o'qituvchilari D.Ganiyeva, M.Iskandarova tomonidan “Ona tilim!” desam, abad, Navoiydan navo kelar” nomli tadbir tashkil etildi. Kafedra mudiri, dotsent T.Eshquvvatov ishtirok etgan tadbirda so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning adabiy, ilmiy asarlari haqida ma'lumotlar eshitildi, g'azallari tahlil qilindi.
Kafedra o‘qituvchisi M.Babakulova tomonidan “Biz ommaviy madaniyat”ga qarshimiz, “Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xalqimizga kamarbastamiz”, “Diniy bag‘rikenglik ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi.