SAMDU KATTAQO'RG'ON FILIALI TALABALARI NANKIN POLITEXNIKA INSTITUTIDA O'QIYDI
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Nankin politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolagan edi.
Bugun, Xitoyning Nankin politexnika instituti professorlari Tu Jie hamda Xu Jiuchun SamDU Kattaqo'rg'on filialiga tashrif buyurdi va filial direktori Sh.Urakov hamda direktor o'rinbosarlari ishtirokida muzokaralar olib borildi.
Memorandum asosida 2025-2026-o'quv yilidan 2+2 asosida talaba almashinuviga kelishildi. Filialning Kimyo, Biologiya va Informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishlari talabalari ta'limning ikki yilini Nankin politexnika institutida davom ettiradi. Muvaffaqiyatli bitirgan talabalar ikki OTM diplomiga ega bo'ladi.
Professor-o'qituvchilar ham ushbu xorijiy OTMda malaka oshirishlari uchun ular va talabalarga xitoy tili kurslari tashkil qilish belgilandi.