SamDU Kattaqo'rg'on filiali hamda Xitoyning Yangi Ipak yo'li madaniyatlarini rivojlantirish jamiyati o'rtasida Memorandum imzolandi
Bugun, 18-sentabr kuni SamDU Kattaqo'rg'on filialida Xitoy va O'zbekiston tadbirkorlarining Kattaqo'rg'on biznes forumi bo'lib o'tdi. Unda Kattaqo'rg'on shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi tomonidan tashkil qilingan forum filial uchun ham Xitoyning muassasa hamda tashkilotlari bilan manfaatli kelishuvga erishilishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
SamDU Kattaqo'rg'on filiali hamda Xitoyning Yangi Ipak yo'li madaniyatlarini rivojlantirish jamiyati o'rtasida Memorandum imzolandi. Ushbu memorandum kelgusida xitoy va o'zbek tillari bo'yicha mutaxassislar tayyorlash, madaniy, ma'rifiy uchrashuvlar tashkil qilish, filial hamda Yangi Ipak yo'li madaniyatlarini rivojlantirish jamiyati o'rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.