Samarqandda “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi boshlandi!
Ayni paytda viloyat Yoshlar markazida “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi o‘z ishini boshladi.
Ushbu ma’naviy loyihaning bosh maqsadi — kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar va oilalarda o‘qishga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, hamda adabiyotga muhabbat uyg‘otishdir.
Joriy yilda viloyatimiz bo’ylab o‘tkazilgan dastlabki bosqichlarda 19 mingdan ortiq oila ishtirok etish istagini bildirgan. Ulardan 16 ta eng bilimdon va o‘qimishli oila bugun viloyat bosqichida o‘z salohiyati va tafakkurini namoyon etmoqda.
Tadbirda viloyat hokimi o’rinbosari Husan Tuxtayev va taniqli yozuvchi va adabiyotshunoslar ishtirok etishmoqda.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
✅“Badiiy asarlar bilimdoni” – asarlarning g‘oya va mazmunini sharhlash.
✅ “Tezkor savol-javob” – o‘qilgan asarlarga oid bilim sinovi.
✅Hakamlar hay’ati esa, ishtirokchilarning badiiy tafakkuri, nutq madaniyati va asar mazmunini anglash darajasini baholaydi.
✅G‘oliblar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadi.
📚 “Yosh kitobxon oila” — bu nafaqat bellashuv, balki mehr, ma’rifat va oila birligidir.
📚Kitob — oila mehrining mezoni, ma’naviyatning poydevoridir.