Samarqandda “toza havo” tadbiri o‘tkazilmoqda
Ayni paytda “Toza havo” oyligi doirasida Samarqand viloyatining barcha hududlarida tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda ko‘chma ekologik postlar tashkil yetilib, barcha turdagi avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazib, ulardan chiquvchi "is” gazi va tutun miqdorlarini o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahri hududidan o‘tuvchi ichki va tashqi yo‘l bo‘ylarida “Toza havo” oyligi doirasida nazorat tadbiri amalga oshirildi.
🚔Mazkur tadbirlar doirasida harakatdagi avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan chiquvchi "is” gazi va tutun miqdorlarini o‘lchash ishlari amalga oshirish bilan bir qatorda haydovchilarga tavsiya va tushunchalar berib o‘tildi.