Samarqandda O‘zbekiston - Xitoy ikkinchi hududlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda
Unda ikki tomon hukumat a’zolari, vazirlar, hududlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Forumning ochilish marosimida Respublika Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xo‘jayev, Xitoy Xalq Siyosiy maslahat Kengashi rais o‘rinbosari, SHHTning qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yueyue xonim, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Forumda shahrimizdan “Kattakurgan Charm” MCHJ, “Classic Motor” MCHJ, “Turon Polipropilen” MCHJ vakillari ko’rgazmalari bilan ishtirok etishmoqda.
Forum doirasida hududlararo mahalliy savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, birodarlik va sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish yuzasidan imzolangan bitimlar, anglashuv memorandumi kabi hujjatlar almashildi.