insurez
15-08-2025 16:15

Respublika amaliy seminar 2025


Yoshlar ishsizligiga barham berish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan Respublika amaliy seminari doirasida keng ko‘lamli tadbirlar davom etmoqda. 

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli bog‘ hududida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Taʼlim ko‘rgazmasi” tashkil etildi. Tadbirda viloyatdagi 85 ta idora va tashkilotlar tomonidan 3 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Shuningdek, yoshlar uchun eng foydali loyihalar taqdimoti va hududlardan kelgan yosh dehqonlar yetishtirgan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti masʼullari hamda talabalari faol qatnashdi.

Teglar
- -