insurez
13-12-2025 15:04

Reklama vositalari qonun talablariga mos bo'lishi lozim


Viloyat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi hamda viloyat hokimligi Tashqi reklamani muvofiqlashtirish bo‘linmasi rahbar xodimlari tomonidan shahrimizda tashqi reklama obyektlaridagi mavjud holat o‘rganildi.

O‘tkazilgan monitoring va xatlov tadbirlari davomida shaharda bugungi kunda 500 dan ortiq tashqi reklamalar mavjudligi, ularning ayrimlari reklamaning Davlat tiliga doir talablarga rioya etilmagan holda o‘rnatilgani hamda reklama joyi pasporti mavjud emasligi aniqlandi.

Shuni unutmaslik lozimki, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Qonun talablariga rioya qilmagan holda reklama tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 30-100 baravari miqdorida moliyaviy jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.

Albatta, tadbirkorlik subyektlarini bu boradagi tartib qoidalarga amal qilgan holda ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Teglar
- -