Rahbar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
Bugun Kattaqo’rg’on shahrida viloyat prokurori o’rinbosari A.Zakirov hudud yoshlar vakillari, otaliqqa olingan va og’ir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.
SamDU Kattaqo’rg’on filialida viloyat prokuraturasi mas'ullari, shahar hokimi G.Alimova boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokimlik va shahar tashkilotlari mutasaddilari hamda yoshlar bilan ochiq va samimiy ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuvda so'z olganlar bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususan, yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlarni etirof e'tib, yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini ta'kidlashdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari ham tinglanib, ularni o'rganish va hal etish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berildi. Tadbir so’ngida murojat qilgan yoshlarga kerakli bo'lgan asbob uskunalar topshirildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.