“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar 1-sektor hududidagi mahallalaridan “Yoshlar daftari”ga kiritib, ko’mak olish istagida bo’lgan yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘z muammo va takliflari bilan ishtirok etgan 10 nafar yoshlar tomonidan murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilib, ularning bandligini ta’minlash va o’zini band qilishi maqsadida kerakli asbob uskunalar berildi. Muddat talab qiladigan 6 ta muammolar esa tegishli mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.