QUVAYTLIK INVESTORLAR KATTAQO‘RG‘ONDA
Shahar hokimi Gavhar Alimovaning Quvayt davlatida bo‘lganda tibbiyot sohasida bir qator loyihalar yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirgani haqida xabar bergandik. Ushbu kelishuvlarga ko‘ra bugun Quvayt davlatidan vakillar shahrimizga tashrif buyurdi.
Yirik tibbiyot kompaniyasi “Culf Care General Trad. Co.W.L.L” vakillari doktor Ali Muxammad, doktor Abdullox hamda Kozed xonimlar dastlab, shahar hokimligida bo‘ldilar. Shahar hokimi o‘rinbosarlari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida hamkorlar Kattaqo‘rg‘on shahrida 3 ta ya’ni, diagnostika laboratoriya, MRT apparatini o‘rnatish hamda farmatsevtika yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirish takliflarini bildirdilar.
Shundan so‘ng ushbu takliflar yuzasidan Quvaytlik hamkorlar shahar Tibbiyot birlashmasi, Oilaviy poliklinika, “Marvarid” sihatgohida bo‘ldilar. Tibbiyot muassasalaridagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar hamda kelgusida bu borada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlarini bildirdilar.