Qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati qanday bo'lmoqda?
Kuni kecha shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi bir qator ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Xususan, shahar hokimi mas’ullar bilan shahar Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlarni hamda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yil 1 mavsumida g‘olib deb topilgan Tibbiyot birlashmasining 8 ta bo‘limlarida va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifatini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, 2025 yil investitsiya dasturiga kiritilgan 3 umumta’lim maktabida barpo etilayotgan 360 o‘rinli o‘quv binosini qurilish jarayoni bilan tanishdi.
O‘rganish davomida shahar hokimi qurilishni sifatli qilib amalga oshirish va o‘z muddatida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.