insurez
06-10-2025 11:20

QOZOG‘ISTONLIK TEATR AKTYORLARI KATTAQO‘RG‘ONDA


Qozog‘istonning nufuzli teatrlari va ularning aktyorlari 3-4-oktyabr kunlari Samarqand viloyatida bo‘lib o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud qildilar. Shu jumladan, kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatriga Astana shahridagi “Yoshlar teatri" tashrif buyurdi.

Mehmonlar shahar hokimligi, kattaqo‘rg‘onlik teatr ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olindi. Teatr tomonidan namoyish etilgan “Topdim, Muhabbat bo‘ldim.Yo‘qoldim” nomli musiqiy spektakl premyerasi tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova teatr sanʼatkorlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va bu kabi davlatlararo gastrollar qardosh xalqlarning maʼnaviy jihatdan, sanʼat, madaniyat sohasidagi hamkorlikni yanada yaqinlashtirishini taʼkidladi. Qozog‘istonlik teatr aktyorlariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.  

Teglar
- -