insurez
30-11-2024 18:57

Qovoq sayli o‘tkazildi


Qovoq mavsumiy mahsulot hisoblanib, kuz fasli kelishi bilan bozorlarda ko‘paya boshlaydi. U ko‘plab qimmatli mikroelementlarni o‘z ichiga oladi va qovoqning nafaqat go‘shtli joyi va sharbati, balki urug‘lari ham foydali xususiyatga ega. 

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Monomarkazida "Qovoq sayli" bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi Gavhar Alimovaning tashabbusi bilan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan mazkur tadbirda sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi, turli tashkilotlar, mahallalar, jamoatchilik vakillari turli ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdilar.

Ko‘rgazma tanlovi yakunida oliy o‘rinni shahar Tibbiyot birlashmasi, 1-o‘rinni Maktabgacha va maktab t’limi bo‘limi, 2-o‘rin Tibbiyot texnikumi hamda 3-o‘rinni mahalla raislari va xotin -qizlar faollari egallashdi. 

Faol ishtirok etib, g‘olib topilgan ishtirokchilarga shahar hokimligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -