insurez
23-07-2024 18:15

Qo‘shnim bilan ish stajimiz bir xil va bir vaqtda pensiyaga chiqqanmiz. Lekin u mendan ko‘proq pensiya oladi. Buning sababi nimada?


Fuqarolar bir xil ish stajiga ega bo‘lgan holda, lekin ish xaqi har xil bo‘lgan taqdirda pensiya miqdorlari har xil chiqadi.

Eslatma: Pensiya miqdori yuqori bo‘lishiga mehnat stajining davomiyligi, ish haqining yuqoriligi hamda pensiyaga qo‘shiladigan ustamalar ta'sir ko‘rsatadi.

Ish xaqi mikdorini aniqlash uchun fuqarolarning oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davomida ishlagan davrlaridan istalgan ketma-ket 5 yil olinadi.

Ya'ni, ish staji bir xil ikki fuqaroning mehnat faoliyatlari davomida ish xaqlari har xil bo‘ladi hamda kam ish xaqi olgan fuqaro albatta kam pensiya bilan, ish haqi ko‘proq chiqqan fuqaro esa ko‘proq pensiya miqdori bilan pensiyaga chiqadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar BTPJB

Teglar
- -