insurez
26-12-2024 09:13

"Qorbobolar karvoni" bolajonlarga mehr ulashmoqda


Bugun erta tongdan Kattaqo'rg'on shahar Yoshlar ishlari bo'limi tashabbusi bilan "Qorbobolar karvoni" tashkil etilib, shahardagi nogironligi bo‘lgan, shifoxonadagi va kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun sovg‘alar tarqatilmoqda. 

Unda shahar hokimi o'rinbosari J.G'aniyev, shahar Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i B.Kuziyev va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda bo‘lib, ularning farzandlariga yangi yil sovg‘alarini ulashishdi.

Maqsadimiz esa, Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlar va ularning yaqinlariga mehr ulashishdir.

Teglar
- -