insurez
23-09-2025 14:31

QAYNONAM – ONAM MENING, KELINIM – BOLAM MENING


Oilalarning mustahkamligini ta’minlash, аjrimlarni oldini olish maqsadida “Qaynonam – onam mening, kelinim – bolam mening” oyligi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbir ushbu mavzuga bag‘ishlandi.

Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 820-son qaroriga asosan sentabr oyi "Qaynonam-onam mening, kelinim- bolam mening" oyligi deb eʼlon qilingan.

Madaniyat saroyida shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil qilingan tadbirga faol xotin-qizlar, ijodkorlar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari va qizlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida dastlab, Oila va xotin- qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarovaning “O‘zbekistonda oilani mustahkamlashga oid davlat siyosati mazusidagi ma’ruzasini tingladilar.

Shundan so‘ng “Qushning ham ini buzilmasin” deb nomlangan videorolik namoyish etildi. So‘zga chiqqan “Oqila ayollar” harakati yetakchisi N.Salohiy o‘z ma’ruzasida oilaviy ajrimlarning salbiy oqibatlari, qaynona-kelin munosabatlarining nozik jihatlarini ochib berdi. Shuningdek, davra suhbati davomida shahar bosh otinoyisi J.Qodirova oila mustahkamligini ta’minlashda milliy qadriyatlarning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

O‘tkazilgan psixologik treninglar hamda kattaqo‘rg‘onlik ijodkorlar F.Abdullaeva va E.Shukurovalarning chiqishlari ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan qaynona va kelinlar shahar hokimligi tomonidan taqdirlandi.

Teglar
- -