Qaror va ijro
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda tegishli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori o‘rinbosari A.Xaydarov tomonidan shahar mahallalarida, xususan, kuni kecha “Nurafshon” mahallasida ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan tadbirlar olib borilishi, mahalla yettiligi a’zolariga mahallani “qizil” toifadan chiqarish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari yuzasidan mas’ullarga topshirqilar berildi.