insurez
06-02-2025 11:49

Qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi


Kattaqoʻrgʻon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida shahar hokimining oʻrinbosarlari Shaxlo Kuchkarova hamda Jasur Gʻaniyev ishtirokida maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari bilan yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berildi va bu borada qilinishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yigʻilishda odob-ahloq qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi va taʼlim tashkilotlarida korrupsiyani oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -