"Qancha sevar eding bagʻrim bahorni..."
O‘zbek she’riyatida shoira Zulfiya Isroilovaning sermahsul ijod yo‘li o‘ziga xos ahamiyat va betakrorlikka ega. Shoira she’riyatida tuyg‘ulardagi samimiylik, so‘z sehrining jozibadorligi ijtimoiylik bilan uyg‘unlashgan holda o‘zbek ayoliga xos nazokat bilan tarannum etiladi.
Bugun SamDU Kattaqo'rg'on filialida Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova so’zga chiqib, Zulfiya Isroilovaning sermahsul ijodi va lirik merosi haqida to’xtaldi.
Shuningdek, tadbir davomida Zulfiya mukofoti sovrindori, filalogiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Kamola Musulmonova ham so’z olib, talaba yoshlarga erishgan yutuqlari bilan o’rtoqlashdi.
Mazkur tadbir ko'tarinki ruhda davom etilib, ijodkor talabalar tomonidan tayorlangan Zulfiya ijodidan namunalar hamda sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Ijro etilgan qo'shiqlar, raqslar barchaga xushnudlik ulashdi.