QALBLARGA SHODLIK ULASHIB
Yangi yilni bolajonlar o‘zgacha shodlik bilan kutadilar. Ayniqsa, Yangi yil sovg‘alari ularning qalblariga quvonch baxsh etadi. Bugun Kattaqo'rg'on shahar 5-maxsus maktab internatida muassasa tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Ushbu bayram tadbirida ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar prokurori Ismoil Nuriddinov bolajonlarni bayram bilan muborakbod etdilar va ularga bayram sovg’alari ulashishdi.
Tadbir davomida shahar Drama teatri aktyorlari tomonidan ertak qahramonlari obrazida sahnalashtirilgan yangi yil tomoshalari namoyish etildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.