Qahramonlar nomi barhayot!
Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qism qo'mondonligi, Kattaqo'rg'on shahar MIB, Kattaqo'rg'on HAN hamkorlikda "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi" hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan mustaqillik yillarida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi erkin va obod hayotini ta'minlash yo'lida o'zining aziz jonini qurbon qilgan mard va jasur o'g'lonlarni, o'z xizmat burchini bajarish chog'ida mardlarcha halok bo'lgan harbiy xizmatchilarimiz, Kattaqo'rg'on shahridan Ulug'bek Barnoyev, Kattaqo'rg'on tumanidan Marufjon Rahmonovlarning ota-onasi, oila a'zolari va farzandlari holidan xabar olinib, ularga bayram munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan bir martalik pul mukofoti topshirildi.