💐🌷🌼 QADRIYATLARING BOQIY BO'LSIN NAVRO'Z!
Shu kunlarda yurtimiz bo'ylab davom etayotgan Navro'z bayrami tadbirlari Kattaqo'rg'on shahrida ham ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Tadbirda so'z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova barchani bayram bilan muborakbod etar ekan, bugun yurtimizda olib borilayotgan xalqchil siyosat ham Navro'z qadriyatlariga hamohang tarzda ekanligini ta'kidladi.
Shundan so'ng shahrimizdagi Madaniyat bo'limi san'atkorlari badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari, ayniqsa, poytaxtdan tashrif buyurgan estrada xonandalarining chiqishlari bayramga ko'tarinkilik bag'ishladi.
Bahoriy kuy va qo'shiqlarga raqsga tushayotgan yoshlar, onaxonlar bayramning shukuhini dildan his qilganliklari muqarrar.
Haqiqatdan bog' uzra taralayotgan navolar, ibo va hayo bilan salom bеrib turgan kеlinchaklar, nuroniy onaxonlar, bolajonlarning shodliklari Navro'z shukuhini yanada yuksaltirgan.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.