Mehnat yarmarkasi o'tkazildi
Kattaqo’rg’on shahar hokimligi, shahar Prokuraturasi, harbiy prokuratura, IIB Probatsiya bo`limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo`limi hamkorligda 02855 harbiy qismda oliy ta’lim, kollej va texnikum bitiruvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, migratsiya va jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan hamda "Og‘ir" toifadagi ishsiz yoshlarni huquqiy ongini oshirish, ular bandligini ta'minlash orqali vaqtlarini mazmunli o'tkazish va hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida taklif qilingan yoshlar o`zlariga maqbul bo`lgan ish o`rinlariga va kasb-hunarga o`qishga yo’naltirildi hamda ularga mehnat qonunchiligi doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi. Shuningdek 4 nafar "Og‘ir" toifadagi ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida asbob uskunalar topshirildi.