PROKURATURA XODIMLARINING XIZMATLARI E’TIROF ETILDI
Qonun ustuvorligi, aholi tinchligini ta’minlash yo‘lidagi islohotlarni amalga oshirishda prokuratura organlari xodimlarining munosib hissalari bor. Bugun soha xodimlari va faxriylar o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlashmoqda.
Bugun ushbu sana munosabati bilan shahar prokuraturasida bo‘lgan shahar hokimi Gavhar Alimova fidoyi va o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lgan prokuratura xodimlarini bayram bilan qutladi.
Shuningek, shahar hokimi inson huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida Kattaqo‘rg‘on shahrida soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni e’tirof etdi.
Bayram munosabati bilan prokuratura xodimlariga shahar hokimining tabrigi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.