insurez
29-03-2025 10:09

PROFESSOR-O'QITUVCHILARNING ILMIY SALOHIYATINI OSHIRISH MAQSADIDA...


SamDU Kattaqo'rg'on filiali O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi filial Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi bilan hamkorlikda o'qituvchilarning raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish tajribasini oshirish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Jumladan, o'qituvchilarga korporativ pochtalar, "Google schooler"da ishlash va har bir professor-o'qituvchilarning H-indeksini oshirish masalalari muhokama qilindi. 

O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Javlon Quchqorov, filial Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i Javohir O'tayev professor-o'qituvchilarga o'z tavsiyalarini berib, savollariga javob qaytardi.


 

Teglar
- -