insurez
10-11-2025 18:32

PREZIDENTNING YUNESKO BOSH KONFERENSIYASINING 43-SESSIYASIDAGI NUTQI


Samarqand shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasining boʻlib oʻtishi chinakamiga tarixiy voqelik boʻldi. Shuni aytish joizki ushbu nufuzli tadbir 40-yil ichida ilk marotaba YUNESKOning Parijdagi Bosh qarorgohidan tashqarida oʻtkazildi. Bu tadbirni haqli ravishda yurtimizda oʻtkazilganini Markaziy Osiyo uchun ham sharafli boʻldi, desak oʻrinli boʻladi.
Ayniqsa, sessiyaning ochilish marosimida Davlatimiz Rahbarining soʻzlagan nutqida talqin qilingan beshta muhim tashabbus xalqaro hamjamiyatdagi eng dolzarb muammolarn yechimi uchun amaliy javoblarni berdi.
Jumladan, inklyuziv taʼlim va sunʼiy intellekt etikasi: Har bir bolaga teng imkoniyat yaratish hamda sunʼiy intellektning axloqiy me’yorlari boʻyicha Xalqaro ekspertlar anjumanini oʻtkazish taklifi – kelajak avlod uchun adolatli va xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga qaratilgan fundamental qadam sifatida baholanmoqda.
Jahon madaniy merosini saqlash: Noyob qoʻlyozmalar va obektlarni himoya qilish maqsadida 19-noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni” deb eʼlon qilinishi hamda “Raqamli meros boʻyicha xalqaro institut”ni tashkil etish tashabbusi – butun dunyo xalqlarining madaniyatini kelajakka beshikast yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotin-qizlar yetakchiligi akademiyasi: Ayollarning ilm-fan, taʼlim va madaniyatdagi mavqeyini kuchaytirish uchun YUNESKO shafeligida akademiyani ochish hamda Samarqandda global forum oʻtkazish taklifi gender tengligini taʼminlash yoʻlidagi muhim xalqaro minbar yaratish demakdir.
Ekologik diplomatiya: Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash doirasida “YUNESKOning Ekologik poytaxti” nomli global dasturini tashkil etish tashabbusi yurtimizda ekologik muammolar muhim masala ekanligini isbotladi.
Media savodxonlik: Davlatimiz rahbari oʻz nutqida ilgari surgan axborot manipulyasiyasiga qarshi kurashish va media savodxonlikni oshirish taklifi — bugungi axborot asrida axborot xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatdi.
Xulosa qilib aytganda, Samarqandda oʻtkazilgan YUNESKO sessiyasi doirasida Oʻzbekistonning dunyo yetakchilari bilan oʻtkazgan samarali muzokaralari mamlakatimizning koʻp qirrali hamkorlikka sodiq ekanini isbotladi.
Jamshid NOSIROV,
deputat, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik
masalalari boʻyicha Doimiy komissiya raisi.

Teglar
- -