PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan shahar hokimining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosari Jamshid Axmedov ishtirokida press tur o‘tkazildi.
Press-tur davomida shahrimizda Investitsiya dasturi doirasida ijtimoiy soha ob’ektlarida, ya’ni 3-maktabda va 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishildi. Bugungi kunda 3-maktabda 360 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi hamda 22-MTT da 120 o‘rinli bino qurish ishlari olib borilmoqda.
Press-tur davomida ob’ektlarda foydalanilayotgan qurilish materiallari, qurilish sifati va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, ayrim masalalar yuzasidan fikr almashildi.