PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
Shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’I Shaxlo Kuchkarova va bir guruh mas’ullar ishtirokida “Zomin”mahalla markazida press-tur o‘tkazildi.
Press-tur davomida shahrimizdagi “Zomin”mahallasi negizida tashkil etilgan tikuvchilik sexida olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayoni va rejalari bilan tanishildi. Mazkur tikuvchilik sexida 25 nafar mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Bugungi kunda bu yerda mehnat faoliyatlarini olib borayotgan xotin-qizlar yangi o’quv yiliga maktab o’quvchi qizlari uchun kiyimlarni buyurtma asosida tikish bilan band ekan. Ushbu mahallada tashkil etilgan tikuv sexida ustoz-shogird an’anasi ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, hunar egallash uchun tashrif buyurgan qizlar tikuvchilik kasbini o’rganishmoqda.
Shuningdek, press-tur ishtirokchilari ushbu mahallada yaratilgan sharoitlarni o’rganish davomida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.